Menejeringiz real mijozdan oldin Kenza'da mashq qilsin.
Kenza o'zbek tilida jonli gapiradigan AI mijoz.
Karta kerak emas. Ilova o'rnatish shart emas. To'liq o'zbek tilida.
Umumlashtirish va narxdan oldingi savol bajarildi. Mijoz ertaga 15:00 dagi qo'ng'iroqqa rozi bo'ldi.
Kenza bilan nima o'zgaradi?
10 kishilik guruhni o'qitish: 7,5 soat ROP vaqti yoki 0.
| Holat | Kenza'siz | Kenza bilan |
|---|---|---|
| Birinchi e'tiroz | Real mijozda | Mashq qo'ng'iroqda |
| ROP vaqti (1 stajyor) | 45 daqiqa rol o'yini | 0 daqiqa |
| Mashq vaqti | ROP bo'sh bo'lganda | Istalgan vaqtda, cheksiz |
| Xato qachon topiladi | Lid yo'qolgandan keyin | Mashq tugashi bilan |
Muammo nimada?
Yangi menejer real mijozlarda o'rganadi. Har bir xato: bitta kuygan lid.
Lidlar mashq uchun ishlatiladi
Yangi menejer birinchi haftalarda eng qimmat lidlarni o'rganishga sarflaydi.
Kenza bilan: liniyaga chiqishdan oldin istalgancha mashq.
ROP'da rol o'yiniga vaqt yo'q
Bitta stajyor bilan 3 xil mijoz rolida mashq 45 daqiqa oladi.
Kenza bilan: mijoz rolini AI o'ynaydi.
Skript bor, e'tirozda yo'qoladi
“O'ylab ko'raman” degan mijozga yodlangan skript javob bermaydi.
Kenza bilan: e'tirozlar real qo'ng'iroqlardan olingan.
Tahlil kech keladi
Qo'ng'iroq tahlili xatoni topganda mijoz allaqachon ketgan.
Kenza bilan: xato mashqda tuzatiladi.
Qanday ishlaydi?
4 bosqich, o'rnatishsiz.
- ROP jamoani qo'shadiTelegram bot orqali menejerlarni taklif qiladi.
- Menejer telefonda ochadiBosh ekrandagi belgini bosadi, mashq turi va darajani tanlaydi, qo'ng'iroqni boshlaydi.
- Jonli suhbatAI mijoz e'tiroz bildiradi. Gapini bo'lsangiz, to'xtaydi.
- Ball va maslahat0 dan 100 gacha ball va 3 ta aniq maslahat. Natija ROP hisobotiga tushadi.
- 2-4 s
- javob
- 20 daq
- gacha to'liq qo'ng'iroq
- 50+
- real e'tiroz
- 3
- qiyinlik darajasi
Kim mashq qildi, kim o'syapti: bitta ekranda.
Tez orada- Haftalik reyting: qo'ng'iroqlar soni, o'rtacha ball va o'sish
- Attestatsiya: belgilangan balldan o'tmaguncha real lidga chiqmaydi
- Zaif joylar: jamoa qaysi e'tirozda ko'proq yo'qolayotgani
- Har dushanba Telegram'da qisqa hisobot
| # | Menejer | Qo'ng'. | Ball | O'sish |
|---|---|---|---|---|
| 1 | Menejer A | 14 | 84 | +9 |
| 2 | Menejer B | 11 | 77 | +5 |
| 3 | Menejer C | 6 | 69 | 0 |
| 4 | Menejer D | 2 | 58 | -3 |
3 xil mashq
Bitta e'tirozdan to'liq sotuv qo'ng'irog'igacha.
8 daq
E'tiroz mashqi
Mijoz narxni eshitgan va e'tiroz bildiradi. Haqiqiy sababni topasiz va suhbatni keyingi qadam bilan yopasiz.
20 daq
To'liq qo'ng'iroq
Salomlashuvdan yakungacha. Kompaniya skripti bo'yicha 8 bosqich, jami 100 ball.
6 daq
Bosqich mashqi
Skriptning bitta bosqichi, masalan ehtiyojni aniqlash yoki yakunlash.
Har mashqdan keyin
- Ball0 dan 100 gacha, skript bosqichlari bo'yicha.
- 3 ta maslahatSiz aytgan gap va uning yaxshiroq varianti.
- Bu e'tirozga yaxshiroq javobAniqlovchi va yopuvchi savol namunasi.
- Mijoz aslida kim ediYashirin karta: nimani topdingiz, nimani o'tkazib yubordingiz.
Qanday e'tirozlar bor?
50 dan ortiq real e'tiroz. Har qo'ng'iroqda yangi mijoz va boshqa sabab.
| E'tiroz turi | Mijoz aytadi | Nimani mashq qilasiz |
|---|---|---|
| Oila va qaror | “Xo'jayinim bilan maslahatlashay-da” | Qaror qiluvchini aniqlash |
| O'ylab ko'raman | “Bo'pti, ertaga aytaman” | Haqiqiy sababni ochish |
| Narx | “Bir-ikki million deb o'ylovdim” | Narxni tushirmay qiymatni ko'rsatish |
| Vaqt | “Ishim ko'p, o'qishga ulgurmayman” | Vaqtni birga hisoblash |
| O'zim o'rganaman | “YouTube'da hammasi bor-ku” | Farqni mijozning og'rig'iga bog'lash |
| Pul | “Oyligim kam, to'g'risi” | Bosimsiz variant taklif qilish |
| Ishonch | “Unaqalarni ko'p ko'rganman” | Fakt bilan javob berish |
Mijoz qiziqadi, bitta e'tiroz bildiradi.
Ikki-uch e'tiroz, sababini darrov aytmaydi.
Shoshiladi, bosim sezsa sovuqlashadi.
Narxlar qancha?
Bitta saqlangan sotuv oylik to'lovni qoplaydi.
Barcha tariflar 30 kunlik. Birinchi 3 ta qo'ng'iroq bepul. Jamoa tariflarida rahbar o'rin egallamaydi: u bepul qo'shiladi va natijalarni ko'radi.
| Tarif | Menejerlar | Narx, so'm / oy | Ichida | Tanlash |
|---|---|---|---|---|
| Start | 1 menejer | 249 000 | Oyiga 30 mashq, barcha ssenariylar, ball va maslahatBir kishi uchun, jamoa funksiyalarisiz | Tanlash |
| Jamoa 5 | 5 tagacha menejer + rahbar | 1 190 000~238 000 kishiga | Har menejerga oyiga 30 mashq. Jamoa funksiyalari: rahbar paneli (Telegram'da), menejerlar kesimida statistika, reyting (tez orada), attestatsiya (tez orada) | Tanlash |
| Jamoa 10Tavsiya | 10 tagacha menejer + rahbar | 2 190 000~219 000 kishiga | Har menejerga oyiga 30 mashq, Jamoa 5 dagi hammasi | Tanlash |
| Jamoa 20 | 20 tagacha menejer + rahbar | 3 990 000~200 000 kishiga | Har menejerga oyiga 30 mashq, Jamoa 5 dagi hammasi | Tanlash |
| Biznes | 20+ menejer | Kelishamizindividual narx | Jamoa + o'z skriptingiz va ssenariylaringiz | Bog'lanish |
Mashq qanday hisoblanadi
E'tiroz mashqi va bosqich mashqi: 1 mashq. To'liq qo'ng'iroq (20 daqiqagacha): 2 mashq. Texnik uzilish bilan 1 daqiqadan qisqa tugagan mashq hisoblanmaydi.
Qo'shimcha paketlar
+10 mashq: 79 000 so'm. +30 mashq: 199 000 so'm. Joriy obuna oyi oxirigacha amal qiladi, ishlatilmagan mashqlar keyingi oyga o'tmaydi.
Ko'p beriladigan savollar
AI mijoz haqiqatan o'zbekcha gapiradimi?
Ha, kitobiy emas, so'zlashuv tilida: “o'ylovdim”, “bo'sa”, “xo'jayinim”. Kenza: o'zbek tilida gapiradigan AI sotuv trenajyori.
Ilova yuklab olish kerakmi?
Yo'q. Havola telefonda ochiladi va bosh ekranga qo'shiladi.
Quloqchin kerakmi?
Shart emas, karnay orqali ham ishlaydi.
O'z skriptimizni qo'sha olamizmi?
Ha, Biznes tarifida ssenariylar mahsulotingizga moslashtiriladi.
Bitta qo'ng'iroq qancha davom etadi?
Rejimga qarab: e'tiroz mashqi 8 daqiqagacha, to'liq qo'ng'iroq 20 daqiqagacha, bosqich mashqi 6 daqiqagacha. Tugashidan oldin ogohlantirish chiqadi.
Limit tugasa nima bo'ladi?
5 ta mashq qolganda bot ogohlantiradi. Tugaganda qo'shimcha paket taklif qiladi: +10 mashq 79 000 so'm yoki +30 mashq 199 000 so'm, shu oy oxirigacha amal qiladi. Jamoada rahbar menejeriga paketni o'zi oladi. Yoki yangi oyni kutasiz: mashqlar obuna sanasidan har 30 kunda yangilanadi.
Qanday to'lanadi?
Tarifni tanlaysiz, bot orqali bog'lanamiz. Click va Payme orqali to'lov tez orada.
Kimlar uchun?
Telefonda sotadigan har qanday jamoa uchun:
- O'quv markazlari
- Onlayn kurslar
- Xususiy maktablar
- Marketpleys sotuvchilari
- Ko'chmas mulk
- Avtosalonlar
- Klinikalar
- Sug'urta
- Turizm
- Mebel va ta'mir
- Call-markazlar
Mashq yozuvlari kimga ko'rinadi?
Mashq yozuvlari faqat sizning jamoangizda qoladi. Qo'ng'iroqlar va ballar faqat menejerning o'ziga va ROP'iga ko'rinadi. Real mijozlaringizning ovozi va ma'lumotlari ishlatilmaydi. Kompaniya skriptlari boshqa mijozlarga berilmaydi. Menejer ovozi faqat uning roziligi bilan nutqni tanishni yaxshilash uchun saqlanadi; rozilikni botda /rozilik orqali istalgan vaqt qaytarib olish mumkin, shunda yozuvlar o'chiriladi.