Menejeringiz real mijozdan oldin Kenza'da mashq qilsin.

Kenza o'zbek tilida jonli gapiradigan AI mijoz.

3 ta qo'ng'iroq bepul

Karta kerak emas. Ilova o'rnatish shart emas. To'liq o'zbek tilida.

To'liq qo'ng'iroq, o'rta daraja
Mijoz bilan qo'ng'iroq
01:03
Allo, eshitaman.
Assalomu alaykum, Yulduz opa! Kenzadan Otabek. Saytimizda mahsulotimizga qiziqish bildirgan ekansiz, to'g'rimi?
Ha, so'rov qoldirgan edim.
Natija85

Umumlashtirish va narxdan oldingi savol bajarildi. Mijoz ertaga 15:00 dagi qo'ng'iroqqa rozi bo'ldi.

Kenza bilan nima o'zgaradi?

10 kishilik guruhni o'qitish: 7,5 soat ROP vaqti yoki 0.

HolatKenza'sizKenza bilan
Birinchi e'tirozReal mijozdaMashq qo'ng'iroqda
ROP vaqti (1 stajyor)45 daqiqa rol o'yini0 daqiqa
Mashq vaqtiROP bo'sh bo'lgandaIstalgan vaqtda, cheksiz
Xato qachon topiladiLid yo'qolgandan keyinMashq tugashi bilan

Muammo nimada?

Yangi menejer real mijozlarda o'rganadi. Har bir xato: bitta kuygan lid.

Lidlar mashq uchun ishlatiladi

Yangi menejer birinchi haftalarda eng qimmat lidlarni o'rganishga sarflaydi.

Kenza bilan: liniyaga chiqishdan oldin istalgancha mashq.

ROP'da rol o'yiniga vaqt yo'q

Bitta stajyor bilan 3 xil mijoz rolida mashq 45 daqiqa oladi.

Kenza bilan: mijoz rolini AI o'ynaydi.

Skript bor, e'tirozda yo'qoladi

“O'ylab ko'raman” degan mijozga yodlangan skript javob bermaydi.

Kenza bilan: e'tirozlar real qo'ng'iroqlardan olingan.

Tahlil kech keladi

Qo'ng'iroq tahlili xatoni topganda mijoz allaqachon ketgan.

Kenza bilan: xato mashqda tuzatiladi.

Qanday ishlaydi?

4 bosqich, o'rnatishsiz.

  1. ROP jamoani qo'shadiTelegram bot orqali menejerlarni taklif qiladi.
  2. Menejer telefonda ochadiBosh ekrandagi belgini bosadi, mashq turi va darajani tanlaydi, qo'ng'iroqni boshlaydi.
  3. Jonli suhbatAI mijoz e'tiroz bildiradi. Gapini bo'lsangiz, to'xtaydi.
  4. Ball va maslahat0 dan 100 gacha ball va 3 ta aniq maslahat. Natija ROP hisobotiga tushadi.
2-4 s
javob
20 daq
gacha to'liq qo'ng'iroq
50+
real e'tiroz
3
qiyinlik darajasi

Kim mashq qildi, kim o'syapti: bitta ekranda.

Tez orada
  • Haftalik reyting: qo'ng'iroqlar soni, o'rtacha ball va o'sish
  • Attestatsiya: belgilangan balldan o'tmaguncha real lidga chiqmaydi
  • Zaif joylar: jamoa qaysi e'tirozda ko'proq yo'qolayotgani
  • Har dushanba Telegram'da qisqa hisobot
Jamoa reytingiShu hafta
#MenejerQo'ng'.BallO'sish
1Menejer A1484+9
2Menejer B1177+5
3Menejer C6690
4Menejer D258-3
Namuna. Real jamoa ma'lumoti emas.

3 xil mashq

Bitta e'tirozdan to'liq sotuv qo'ng'irog'igacha.

8 daq

E'tiroz mashqi

Mijoz narxni eshitgan va e'tiroz bildiradi. Haqiqiy sababni topasiz va suhbatni keyingi qadam bilan yopasiz.

20 daq

To'liq qo'ng'iroq

Salomlashuvdan yakungacha. Kompaniya skripti bo'yicha 8 bosqich, jami 100 ball.

6 daq

Bosqich mashqi

Skriptning bitta bosqichi, masalan ehtiyojni aniqlash yoki yakunlash.

Har mashqdan keyin

  • Ball0 dan 100 gacha, skript bosqichlari bo'yicha.
  • 3 ta maslahatSiz aytgan gap va uning yaxshiroq varianti.
  • Bu e'tirozga yaxshiroq javobAniqlovchi va yopuvchi savol namunasi.
  • Mijoz aslida kim ediYashirin karta: nimani topdingiz, nimani o'tkazib yubordingiz.

Qanday e'tirozlar bor?

50 dan ortiq real e'tiroz. Har qo'ng'iroqda yangi mijoz va boshqa sabab.

E'tiroz turiMijoz aytadiNimani mashq qilasiz
Oila va qaror“Xo'jayinim bilan maslahatlashay-da”Qaror qiluvchini aniqlash
O'ylab ko'raman“Bo'pti, ertaga aytaman”Haqiqiy sababni ochish
Narx“Bir-ikki million deb o'ylovdim”Narxni tushirmay qiymatni ko'rsatish
Vaqt“Ishim ko'p, o'qishga ulgurmayman”Vaqtni birga hisoblash
O'zim o'rganaman“YouTube'da hammasi bor-ku”Farqni mijozning og'rig'iga bog'lash
Pul“Oyligim kam, to'g'risi”Bosimsiz variant taklif qilish
Ishonch“Unaqalarni ko'p ko'rganman”Fakt bilan javob berish
Yengil

Mijoz qiziqadi, bitta e'tiroz bildiradi.

O'rta

Ikki-uch e'tiroz, sababini darrov aytmaydi.

Qattiq

Shoshiladi, bosim sezsa sovuqlashadi.

Narxlar qancha?

Bitta saqlangan sotuv oylik to'lovni qoplaydi.

Barcha tariflar 30 kunlik. Birinchi 3 ta qo'ng'iroq bepul. Jamoa tariflarida rahbar o'rin egallamaydi: u bepul qo'shiladi va natijalarni ko'radi.

TarifMenejerlarNarx, so'm / oyIchidaTanlash
Start1 menejer249 000Oyiga 30 mashq, barcha ssenariylar, ball va maslahatBir kishi uchun, jamoa funksiyalarisizTanlash
Jamoa 55 tagacha menejer + rahbar1 190 000~238 000 kishigaHar menejerga oyiga 30 mashq. Jamoa funksiyalari: rahbar paneli (Telegram'da), menejerlar kesimida statistika, reyting (tez orada), attestatsiya (tez orada)Tanlash
Jamoa 10Tavsiya10 tagacha menejer + rahbar2 190 000~219 000 kishigaHar menejerga oyiga 30 mashq, Jamoa 5 dagi hammasiTanlash
Jamoa 2020 tagacha menejer + rahbar3 990 000~200 000 kishigaHar menejerga oyiga 30 mashq, Jamoa 5 dagi hammasiTanlash
Biznes20+ menejerKelishamizindividual narxJamoa + o'z skriptingiz va ssenariylaringizBog'lanish

Mashq qanday hisoblanadi

E'tiroz mashqi va bosqich mashqi: 1 mashq. To'liq qo'ng'iroq (20 daqiqagacha): 2 mashq. Texnik uzilish bilan 1 daqiqadan qisqa tugagan mashq hisoblanmaydi.

Qo'shimcha paketlar

+10 mashq: 79 000 so'm. +30 mashq: 199 000 so'm. Joriy obuna oyi oxirigacha amal qiladi, ishlatilmagan mashqlar keyingi oyga o'tmaydi.

Ko'p beriladigan savollar

AI mijoz haqiqatan o'zbekcha gapiradimi?

Ha, kitobiy emas, so'zlashuv tilida: “o'ylovdim”, “bo'sa”, “xo'jayinim”. Kenza: o'zbek tilida gapiradigan AI sotuv trenajyori.

Ilova yuklab olish kerakmi?

Yo'q. Havola telefonda ochiladi va bosh ekranga qo'shiladi.

Quloqchin kerakmi?

Shart emas, karnay orqali ham ishlaydi.

O'z skriptimizni qo'sha olamizmi?

Ha, Biznes tarifida ssenariylar mahsulotingizga moslashtiriladi.

Bitta qo'ng'iroq qancha davom etadi?

Rejimga qarab: e'tiroz mashqi 8 daqiqagacha, to'liq qo'ng'iroq 20 daqiqagacha, bosqich mashqi 6 daqiqagacha. Tugashidan oldin ogohlantirish chiqadi.

Limit tugasa nima bo'ladi?

5 ta mashq qolganda bot ogohlantiradi. Tugaganda qo'shimcha paket taklif qiladi: +10 mashq 79 000 so'm yoki +30 mashq 199 000 so'm, shu oy oxirigacha amal qiladi. Jamoada rahbar menejeriga paketni o'zi oladi. Yoki yangi oyni kutasiz: mashqlar obuna sanasidan har 30 kunda yangilanadi.

Qanday to'lanadi?

Tarifni tanlaysiz, bot orqali bog'lanamiz. Click va Payme orqali to'lov tez orada.

Kimlar uchun?

Telefonda sotadigan har qanday jamoa uchun:

  • O'quv markazlari
  • Onlayn kurslar
  • Xususiy maktablar
  • Marketpleys sotuvchilari
  • Ko'chmas mulk
  • Avtosalonlar
  • Klinikalar
  • Sug'urta
  • Turizm
  • Mebel va ta'mir
  • Call-markazlar
Mashq yozuvlari kimga ko'rinadi?

Mashq yozuvlari faqat sizning jamoangizda qoladi. Qo'ng'iroqlar va ballar faqat menejerning o'ziga va ROP'iga ko'rinadi. Real mijozlaringizning ovozi va ma'lumotlari ishlatilmaydi. Kompaniya skriptlari boshqa mijozlarga berilmaydi. Menejer ovozi faqat uning roziligi bilan nutqni tanishni yaxshilash uchun saqlanadi; rozilikni botda /rozilik orqali istalgan vaqt qaytarib olish mumkin, shunda yozuvlar o'chiriladi.

Keyingi lidni mashqqa emas, natijaga ishlating.

3 ta qo'ng'iroq bepul